Bayram kunlari keshbek funksiyasi ishlamasligi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bayram kunlari keshbek funktsiyasi ishlamasligi mumkin / Foto: Soliq

Soliq qo‘mitasi 21 – 23-mart kunlari katta hajmli ma’lumotlar bazasini yangi serverlarga ko‘chirish jarayonlarini amalga oshirayotganini ma’lum qildi. Shu sababli, bu davrda soliq organlarining ayrim axborot tizimlari va elektron xizmatlarining ish faoliyati vaqtincha cheklanadi.

Xususan, soliq hisobotlarini yuborish, soliqlarni to‘lash, soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish, elektron murojaatlar, soliq imtiyozlari, EHF, TTYuX va ijara shartnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida onlayn-NKT xarid cheklari uzluksiz shakllantiriladi, ammo keshbek va elektron cheklar bo‘yicha funksiyalar migratsiya tugagandan so‘ng tiklanadi.

Soliq qo‘mitasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, xarid cheklari 10 kun ichida Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro marketpleyslar O‘zbekistonda 160 mlrd so‘m soliq to‘lagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek