Xitoy yetakchisi O‘zbekiston prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Tabrik maktubida Xitoy hukumati va xalqi nomidan O‘zbekiston rahbari va xalqiga samimiy tilaklar bildirildi.
«Ming yillik tarixga ega Navro‘z bayrami bahorning kirib kelishi va tabiat uyg‘onishini ifodalaydi. U o‘zbek xalqining baxtli hayotga, birlik va taraqqiyotga intilishini aks ettiradi», – deyiladi maktubda.
Si Szinpin, shuningdek, o‘tgan yil Ostonada bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Xitoy yetakchisi O‘zbekiston bilan barcha sohada hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan holda, prezident Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabriklagani haqida xabar bergan edi.