Abduqodir Husanov prezidentga «Manchester Siti»dagi formasini sovg‘a qildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 21-mart kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbiridan so‘ng Shavkat Mirziyoyevga o‘zining «Manchester Siti»dagi formasini sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
Uchrashuvda Husanovning otasi, futbolchi va murabbiy Hikmat Hoshimov ham ishtirok etgan.
20-mart kuni Husanov milliy terma jamoa safida Qirg‘izistonga qarshi o‘ynagan hamda jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shgandi. 25-mart kuni esa Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Xojiakbar Alijonovning yagona goli O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba olib kelgani haqida yozgandi.