Kaspi.kz O‘zbekistonning Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazish imkoniyatini yaratdi

Qozog‘istonning Kaspi.kz ilovasida O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimlari bo‘lgan Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoni yaratildi. Bu haqda «KazTAG» nashri xabar berdi.
Oldin Qozog‘istondan faqat Visa yoki MasterCard kartalariga pul o‘tkazish mumkin edi.
«Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stona, oilaviy, ishbilarmonlik va madaniy aloqalar uzoq vaqtdan beri rivojlangan. Odamlar bir-biriga mehmonlarga borishadi yoki ish safariga chiqishadi, shu sababli pul o‘tkazmalari va to‘lovlar qilish ehtiyoji doimiy ravishda yuzaga keladi. Biz esa foydalanuvchilarimiz uchun yangi xizmatni taqdim etib, Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdik. Bu kartalar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan to‘lov kartalaridir», – dedi Kaspi asoschisi va rahbari Mixail Lomtadze.
O‘tkazmalarda faqat oluvchining karta raqamini kiritish kifoya, uning shaxsiy ma’lumotlari avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kaspi.kz ketgani, Paynet kelgani: Humoni qanday kelajak kutayotgani haqida yozgandi.