Mercedes-Benz yangi CLA modelini taqdim etdi

22-mart 2025 09:27 eʼlon qilindi

(22-mart 2025 18:02 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Mercedes-Benz, CLA
Mercedes-Benz yangi CLA modelini taqdim etdi / Foto: Mercedes-Benz

Mercedes-Benz yangi CLA kompakt sedanini taqdim etdi, bu avtomobil Tesla’ga qarshi qo‘yilgan eng katta raqobat sifatida e’lon qilindi. Bu haqda «Fortuna» nashri xabar berdi.

Yangi CLA modeli 792 kilometrgacha masofa bosishga qodir, bu uni qit’ada mavjud eng uzoq masofaga ega elektrli avtomobilga aylantiradi. Batareyaning yarmini 10 daqiqa ichida quvvat qilish mumkin. Avtomobilning narxi Tesla Model 3 bilan o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda. Model CLA yangi MB.OS operatsion tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim kelajakdagi barcha Mercedes modellari uchun joriy etiladi.

Bu model birinchilardan bo‘lib Mercedes’ning yangi elektr tizimi – MMA (Mercedes Modular Architecture) bilan jihozlanadi, bu tizim ikki barobar yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Shuningdek, avtomobilda «frunk» (old tomondagi yukxona) va panoramik oynali tom mavjud bo‘lib, kompaniya ularni EV modellari orasida ilk marotaba taqdim qilmoqda.

Mercedes-Benz, CLA
Yangi CLA modeli / Foto: Mercedes-Benz

Mercedes avtomobilining batareyasi sakkiz yil yoki 160 ming kilometrdan keyin ham asl quvvatining kamida 80 foizini saqlanishini kafolatlaydi.

«Ushbu yangi CLA modeli Mercedes-Benz tarixidagi eng katta avtomobillar seriyasining boshlanishini anglatadi», – dedi kompaniya direktori Ola Källenius.

Kompaniya 2027-yilgacha o‘nlab yangi modellarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Tesla’ga qarshi raqobat

So‘nggi besh yil davomida Tesla Mercedes’ning premium brend sifatidagi o‘rnini egalladi. Biroq Ilon Maskning ba’zi shaxsiy qarorlari va ijtimoiy tarmoqlardagi bahsli xatti-harakatlari Mercedes’ga raqobat qilish uchun imkoniyat yaratdi. Yangi CLA modeli, o‘zining zamonaviy dizayni va dasturiy ta’minotga asoslangan yangiliklari bilan yosh auditoriyani jalb qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-AMG elektr superkari Tesla va Rimac bilan raqobatga tayyorligi haqida yozgandi.

Shuningdek