O‘zbekistonda dam olish kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
23-mart kuni
Ob-havo
Foto: Pexels.com

Ertaga, 23-mart kuni O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi. Harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 10-15 daraja iliq, qolgan viloyatlarda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va qor ko‘chishi xavfi bor. Shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, 23 – 25-mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor.

Shuningdek