
We Global Football nashri milliy terma jamoalarning 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari haqida prognozlarini yangiladi. Portal O‘zbekistonning imkoniyatlarini 92,6% deb baholadi.
Oldinroq O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yutib, kubok uchun saralash bosqichi doirasida g‘alaba qozongandi. O‘yindagi yagona golni Xojiakbar Alijonov kiritgan.
O‘zbekiston jamoasida futbolchilar Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ham maydonga tushgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov prezidentga «Manchester Siti»dagi formasini sovg‘a qilgani haqida yozgandi.