Prezident Samarqandga tashrifi doirasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

eʼlon qilindi
Imom Moturidiy majmuasi loyihasi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Samarqandga tashrifi doirasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 22-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Imom Buxoriy maqbarasining kengaytirilayotgan majmuasida 44 gektar maydonda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid, muzey, ayvonlar va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari qurib bitkazilgan. Shuningdek, 2 ming o‘rinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, tahoratxonalar barpo etilmoqda.

Prezident tashrifi davomida Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi nishonlanishi doirasida majmuani qayta ta’mirlash va obodonlashtirish loyihasi taqdim etildi.

Loyihada Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga mo‘ljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilishi taqdim etildi. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar bo‘ladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona barpo etiladi.

O‘z navbatida, Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilish bo‘yicha ham loyihalar ko‘zda tutilgan. Oqdaryo tumanida joylashgan Mahdumi A’zam maqbarasi yonida avtoturargoh va tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda. Samarqand viloyatidagi boshqa olim va avliyolarning qadamjolari ham obod qilinishi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida ishtirok etgani haqida yozgandi

Shuningdek