Samsung Galaxy S25 yangi Instant Hotspot funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi

22-mart 2025 21:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Samsung S25
Samsung Galaxy S25 yangi Instant Hotspot funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi / Foto: Samsung

Endilikda Samsung Galaxy S25 yangi Instant Hotspot funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

Instant Hotspot funksiyasi Samsung qurilmalarida qoʻllab-quvvatlamas edi. Endi Galaxy S25 foydalanuvchilari Instant Hotspot funksiyasidan toʻliq foydalana olishadi. Bu ularga internet ulanishini yanada oson va samarali qilish imkonini beradi.

Instant Hotspot – bu Android operatsion tizimining yangi funksiyasi boʻlib, u mobil qurilmani tez va oson tarzda internetga ulanish uchun hotspot sifatida ishlatishga imkon beradi. Bu funksiyani ishlatishda qoʻshimcha dastur yoki murakkab sozlashlar kerak emas.

Instant Hotspotning asosiy xususiyatlari tez ulanish, energiya tejamkorligi, Google hisobga oson bogʻlanish kabi qulayliklardan iborat.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung kompaniyasi Galaxy S24 seriyasiga One UI 7.0 Beta 5 yangilanishini chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek