Twitter «ko‘k qushi» kimoshdi savdosida qariyb $35 ming sotildi

Hozirgi X ilovasining oldingi versiyasi bo‘lgan Twitter’ning ko‘k qush logotipi kimoshdi savdosida qariyb $34 ming 375 ga sotildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Logotip og‘irligi 254 kilogramm, uzunligi 3,7 metr va kengligi 2,7 metrni tashkil etgan. Sotib olgan xaridor haqida ma’lumot berilmagan.
Ilon Musk Twitter’ni sotib olganidan so‘ng kompaniyaning eski ofisidagi boshqa narsalarni ham savdoga qo‘ygandi. Jumladan, turli xil buyumlar, oshxona jihozlari va ofis mebellari.
Kimoshdi savdosida boshqa texnologiya tarixiga oid buyumlar ham yuqori narxlarga sotildi. Ular qatorida Apple-1 kompyuteri aksessuarlar bilan $375 mingga, Stiv Jobs tomonidan 1976-yilda imzolangan Apple Computer Co cheki $112 mingga, birinchi avlod 4GB iPhone esa $87 mingga sotildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask X tarmog‘iga $150 mln sarmoya kiritgani haqida yozgandi.