23-mart kuni Toshkentda otlar paradi boʻlib oʻtadi
eʼlon qilindi
Chavandozlar Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab sayr qiladi

23-mart, yakshanba kuni Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlarining otliq paradi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Navroʻz tantanalari sharafiga oʻtkaziladigan parad soat 17:00 da boshlanib, Amir Temur shohkoʻchasi boʻylab oʻtadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlari qatnashadi.
Shahar aholisi bayram tadbirini tomosha qilishga taklif etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda Navroʻz dasturxoni uchun qancha xarajat ketishi haqida yozgan edi.