Yangiliklar

AQSh bir kunda $5 mlrdlik «oltin karta» sotdi

Tramp ma’muriyati tashqi qarzning bir qismini yopishda «oltin karta» ususlidan foydalanmoqchi
Oltin karta
AQSh bir kunda 5 milliard dollarlik oltin kartalarni sotdi / Foto: USAHerald

AQSh savdo vaziri Xovard Lutnik Qoʻshma shtatlar har biri $5 mlnga baholangan 1000 ta immigratsiya «oltin karta»larini sotish orqali bir kunda $5 mlrdga ega boʻlganini ma’lum qildi. Bu haqda Financial Express «All-In Podcast» dasturiga tayanib xabar bermoqda.

AQSh Savdo vaziriga koʻra, 37 million potensial xaridor oltin kartalarni sotib olishi mumkin. Tramp maʼmuriyati tizim orqali $5 trillion ishlamoqchi ekanini qayd etgan. Bu mablagʻ AQSh tashqi qarzining bir qismini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp AQShga koʻchib kelish uchun «oltin karta» tizimini joriy etishini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.