
Chery kompaniyasiga qarashli Jetour brendi 2025-yilda chiqarilgan yangi Jetour X70 PLUS Champion Edition modelini taqdim etdi. Ushbu 7 oʻrindiqli krossoverning narxi $15,5 mingdan boshlanadi.
Jetour X70 PLUS Champion Edition dizayni oʻtgan yilgi modelga oʻxshash. Ammo ushbu versiya ba’zi yangilanishlarga ega. Krossoverning old qismi radiator panjarasi va toʻrt chiqish quvurlari bilan ajralib turadi. Mashinaning oʻlchami 4749 × 1900 × 1720 mmni tashkil etadi. Oʻrindiqlar oraligʻi 2745 mm masofadan iborat.

Ichki qismining dizayni ham yangilangan. U yumshoq plastik va xromlangan qismlar bilan bezatilgan.
Jetour X70 PLUS Champion Edition 1,5 litrli turbo-motor bilan jihozlangan boʻlib, 156 ot kuchiga ega. Unda 6 pogʻonali robotizatsiya qilingan uzatish qutisi mavjud.

Ushbu model Xitoyda sotuvga chiqarilgan boʻlib, 2025-yilda dunyoning boshqa bozorlariga ham kirib borishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda Chery Arrizo 8 PRO sedanining sotuvga chiqarilishi boshlangani haqida yozgan edi.