Gaz importi yanvar-fevral oylarida 66,2 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
$35,8 mlnlik tabiiy yoki sun’iy gaz import qilingan
Gaz
Gaz importi 66,2 foizga kamaydi / Foto: Soleg/Depositphotos

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yanvar-fevral oylari uchun tabiiy yoki sunʼiy gaz importi $35,8 mlnni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 66,2 foizga kamaydi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi malum qildi.

Yanvar-fevral oylarida benzin importi $78,8 mlnni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga pasaygan. Elektr toki importi esa $43,5 mln tashkil etib, 23,9 foizga kamaygan. Koʻmir, koks, briketlar importida ham pasayish kuzatildi. Dastlabki ikki oyda $33,1 mlnlik koʻmir, koks, briketlar import qilinib, 2024-yilning mos davriga koʻra 21,3 foizga kamaygan.

2025-yil yanvar-fevral oylarida umumiy import hajmi $6,2 mlrdni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga kamaydi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek