
Huawei kompaniyasi oʻzining yangi texnologiyasini taqdim etdi. Bu orqali foydalanuvchilar elektron kitoblar va smartfonlarda sahifalarni koʻz yordamida aylantirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Huawei Central nashri ma’lum qildi.
Texnologiya smartfonlar va boshqa gadjetlardagi old kamera yordamida ishlaydi. Kitob oʻqiyotgan paytda foydalanuvchi sahifa oxiriga yetgach, koʻzini kameraga qaratsa, maxsus algoritm sahifani almashtirish oʻtkazish uchun buyruq yuboradi. Ushbu funksiyani qoʻllash orqali foydalanuvchilar deyarli qoʻllarini ishlatmasdan kitob oʻqishlari mumkin.
Mazkur texnologiya Huawei Pura X modelida taqdim etildi. Bu model 20 mart kuni e’lon qilindi. Huawei kompaniyasi texnologiyaning ishlashini Pungu sun’iy intellekti yordamida amalga oshirishini ta’kidladi. Huawei Pura X oʻzining 6,3 dyuymli asosiy ekraniga ega va 3,5 dyuymli tashqi displey bilan jihozlangan. Uning narxi $1000 ni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Pura X taqdim etgani haqida yozgan edi.