Oʻzbekiston urani bir yil davomida Sankt-Peterburg orqali Fransiyaga tashiladi

eʼlon qilindi
Shartnoma qiymati 9 mln yevro
Oʻzbekiston urani bir yil davomida Sankt-Peterburg orqali Fransiyaga tashiladi / Foto: «Navoiyuran»

Oʻzbekistondagi «Navoiyuran» davlat korxonasi 500 ta uran konteynerini Sankt-Peterburg portidan Fransiyaning Malvezi shahriga bir yil davomida tashish uchun Qozogʻistonning «TOO Logistic Centre» kompaniyasiga 9 mln yevro toʻlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida ma’lum qilindi.

Pudratchi bilan shartnoma 3-mart kuni imzolangan. Shartnomaning dastlabki qiymati 11 mln yevroni tashkil qilgan. Keyinchalik bu narx 2 mln yevroga pasaytirilgan. Yuk tashish ishlari 2026-yilning birinchi choragigacha davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Janubiy Jongeldi uran konidan yiliga 700 metrik tonna uran qazib olinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek