Oʻzbekistonlik 19 nafar noqonuniy muhojir Saudiya Arabistonidan oʻz vataniga qaytarildi

eʼlon qilindi
Ular avvalroq qirollikka turistik vizalar bilan borgan
Oʻzbekistonlik 19 nafar noqonuniy muhojir Saudiya Arabistonidan oʻz vataniga qaytarildi / Foto: Unsplash

Saudiya Arabistonidan Oʻzbekistonning 19 nafar fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Oʻzbekistonliklar qirollikka turistik vizalar bilan borgan va kerakli ruxsatnomani olmasdan ish topishga harakat qilgan. Qoʻlga olinganlar orasida 20-yoshga toʻlmagan fuqarolar ham boʻlib, ular oʻz oilalariga ketishlari haqida xabar bermagan.

Noqonuniy muhojirlar Oʻzbekiston diplomatik missiyasi vakillari hamda Saudiya Arabistoni migratsiya va huquqni muhofaza qilish idoralari oʻrtasidagi muzokaralar natijasida qaytarilgan.

Elchixona oʻzbekistonliklarni migratsiya qonunchiligini oldindan oʻrganishga va barcha kerakli hujjatlarni toʻldirgandan keyingina xorijga ishga kirishga chaqirdi. Agar Saudiya Arabistonida qiyinchiliklar yuzaga kelsa, respublika fuqarolari Oʻzbekistonning Ar-Riyoddagi diplomatik vakolatxonasi yoki Jiddadagi bosh konsulligiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan 19 ta turistik kompaniya jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek