O‘zbekistonda 24-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Ertaga, 24-mart kuni O‘zbekiston hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, harorat Toshkentda yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kunduzi 15-17°, kechasi 12-14° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 10-15°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 12-17°, kechasi 9-14° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryoda kunduzi va kechasi 10-15° iliq, Surxondaryoda kunduzi 15-20°, kechasi 13-18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada esa kunduzi 15-20°, kechasi 10-15° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° bo‘lishi kutilmoqda.