Qoʻqonda akkumulyator ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Uning qurilishiga $11 mln sarmoya kiritilgan
Qoʻqonda akkumulyator ishlab chiqaruvchi zavod ochildi / Foto: Fargʻona viloyat hokimligi

«Qoʻqon» erkin iqtisodiy zonasida (EIZ) elektroskuterlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Hong Gang International Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma kompaniyasi zavod qurilishiga $11 mln sarfladi. Zavod yiliga 250 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyator ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlib, 300 nafar oʻzbekistonlik ish bilan ta’minlanadi.

Kelgusida investorlar «Qoʻqon» EIZda qiymati $60 mln boʻlgan yana bir loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻonada «Tulpor» brendi ostida traktorlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek