Rossiyada ayrim migrantlarga patentsiz ishlashga ruxsat berildi
eʼlon qilindi
Bir nechta talablari bor

Vladimir Putin chet elliklar barmoq izi va tibbiy koʻrikdan oʻtgan taqdirda patentsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Qaror Rossiya normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
Farmonga koʻra, patentsiz ishlashi uchun migrantlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- IIVda barmoq izi orqali roʻyxatdan oʻtishi;
- Narkotik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha test topshirishi;
- OIV, sifilis va sil kabi yuqumli kasalliklarga tekshiruvdan oʻtishi zarur.
2025-yilda Rossiya hukumati patent bilan ishlashga oid talablarni yumshatishni rejalashtirmoqda. Bu qonunda migrantlarga faqat kelgan hududida emas, qoʻshni hududlarda ham ishlash imkoniyati berilishi koʻzda tutilgan.
Kursiv Uzbekistan nashri Rossiyani bir milliongacha mehnat migranti tark etishi mumkinligi haqida yozgan edi.