Turistlar avtobusida yongʻin sodir boʻldimi – munosabat
eʼlon qilindi
Jarohat olganlar yoʻq

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 22-mart kuni turistlar avtobusida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) munosabat bildirdi.
Oʻrganishlar natijasida avtobus motor qismining elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi aniqlangan. Ushbu holatda hech qanday yonish belgilari sodir boʻlmagan. Hodisa natijasida jismoniy jarohat olganlar yoki halok boʻlganlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Navoiyazot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi oqibatida roʻy bergan yongʻin haqida yozgan edi.