Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

eʼlon qilindi
Kobulda
O‘zbekiston qurilish materiallari savdo uyi
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi / Foto: Savdo-sanoat palatasi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun maxsus savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Ushbu savdo uyidagi 570 kvadrat metr maydondagi shourum va 500 kvadrat metr hajmdagi omborxona tadbirkorlarning mahsulotlarini saqlash hamda namoyish qilishiga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida ham 220 kvadrat metr maydonga ega savdo uyida farmatsevtika va elektrotexnika mahsulotlari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona tashkil etilgandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini $3 milliardga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek