AQSh va Rossiya muzokaralari boshlanish arafasida. Nimalar ma’lum

24-mart kuni Saudiyada Rossiya va AQSh delegatsiyalari Ukraina mojarosini hal etish boʻyicha muzokaralar boshlanishini eʼlon qildi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
Muzokaralar 7:00 GMT (Toshkent vaqti bilan soat 12:00) vaqtida boshlanishi kerak edi. U «The Ritz-Carlton» mehmonxonasida oʻtkaziladi.
Rossiya delegatsiyasiga Federatsiya Kengashi Xalqaro munosabatlar qoʻmitasi raisi Grigori Karasin va Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati direktorining maslahatchisi Sergey Beseda rahbarlik qiladi. AQSh delegatsiyasida esa davlat departamenti siyosat rejalashtirish boʻyicha direktor Michael Anton, shuningdek, Donald Trampning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Keith Kellogg va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Mayk Voltsning yordamchilari ishtirok etadi.
Muzokaralar davomida Ukraina mojarosi bilan bogʻliq turli masalalar muhokama qilinadi. Bu uchrashuv ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy muloqotning davom etishi sifatida katta ahamiyatga ega.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp va Putin Ukraina urushini toʻxtatish masalasida muzokara oʻtkazgani haqida yozgan edi.