Noqonuniy qo‘yilgan bankomatlar demontaj qilinmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qancha bankomat demontaj qilingani ma’lum emas
Bankomat
Noqonuniy qo‘yilgan bankomatlar demontaj qilinmoqda / Foto: 1prof.com

O‘zbekiston hududida noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlarni demontaj qilish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda 24-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov ma’lum qildi.

Mutasaddining so‘zlariga ko‘ra, bankomatlarni noqonuniy joylashtirishga qarshi nazorat ishlari olib borilmoqda va bu jarayon Markaziy bank bilan hamkorlikda muntazam davom ettiriladi.

«Hozircha menda qancha bankomat demontaj qilingani bo‘yicha aniq raqamlar yo‘q, ammo ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu borada Markaziy bank yoki tijorat banklari ham tasdiqlovchi ma’lumot bera oladi», – dedi Mirsaid Mirmaqsudov.

Tegishli idoralar qonunchilik talablariga zid ravishda o‘rnatilgan bankomatlarni aniqlash va olib tashlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirayotganini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bankomatlarda pulni naqd qilish uchun foizlar yo‘qolishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek