
2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 19,4 mingta Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida konveyerdan 12,9 ming dona Damas chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 10 foizga oshdi. Onix ishlab chiqarilishi esa bir yil ichida 5,3 ming donadan 6,7 ming donagacha ko‘paydi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning shu davrida respublika avtosanoati 7,6 ming dona Cobalt ishlab chiqargan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan foydalanilgan Cobaltʼni qanchaga sotib olish mumkinligi haqida yozgan edi.