Oʻzbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Ertaga, 25-mart kuni Oʻzbekiston hududida havo bulutli boʻlib, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Unga koʻra, Toshkent shahrida 25 martda yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda kunduzi 8-13°, kechasi 3-8° iliq boʻlishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda harorat kechasi 5-10° va kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 10-15°, kechasi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kunduzi 10-15°, kechasi 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻonada esa kunduzi 10-15°, kechasi 5-10° iliq boʻlishi kutilmoqda.
Togʻli hududlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli boʻladi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° boʻlishi kutilmoqda.