UCI indeksi pasaydi, «Aloqabank» aksiyalari esa o‘sishda davom etmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
22 ta yuqori likvidli aksiyadan 12 tasi haftani ijobiy natija bilan yakunladi
Oʻzbekiston fond bozori: oʻtgan haftada savdo hajmi 134,19 mlrd soʻmni tashkil qildi / Foto: piqsels

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 14-martdan 20-martgacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatdi.

Mazkur haftada UCI fond indeksi 2,42 foizga kamaydi. Eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari (+8,11%), imtiyozli aksiyalari (+10,42%) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (+6,33%) joy oldi.

Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Ipak yoʻli banki» (-3,74%), «Dori-darmon» (-3,54%) va «UzAvto Motors» (-8,70%) yetakchilik qildi.

Bitimlar soni boʻyicha «OʻzRTXB» (737 ta), «Aloqabank» (394 ta) va «Oʻzbektelekom» (364 ta) peshqadam boʻldi. Hajm boʻyicha esa «OʻzRTXB» (635,88 mln soʻm), «Portlatishsanoat» (593,96 mln soʻm), «Oʻzbekinvest» (332,56) yuqori uchlikni egalladi.

22 ta yuqori likvidli aksiyadan 12 tasi haftani ijobiy, qolgan 10 tasi esa salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi 134,19 milliard soʻm boʻldi. Birja savdolari soni esa 5,1 mingtani tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻtgan haftada «Dori-darmon» aksiyalari 17 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek