O‘zbekistonda AQSh dollarning rasmiy kursi oshadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
25-martdan 6,49 so‘mga oshadi
O‘zbekistonda AQSh dollarning rasmiy kursi oshadi / Foto: alfexe/Depositphotos

25-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 6,49 so‘mga oshib, 12 947,07 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 880 – 12 930 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 950 – 13 005 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 11,08 so‘mga tushib, 14 033,33 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,79 so‘mga oshib, 155,01 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.    

Shuningdek