Oʻzbekistonlik harbiylar AQShda oʻtkazilgan musobaqada toʻrtta rekord oʻrnatdi

eʼlon qilindi
Ular maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi
Oʻzbekistonlik harbiylar AQShda oʻtkazilgan musobaqada toʻrtta rekord oʻrnatdi / Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar AQShda oʻtkazilgan «Eng ilgʻor jangchi – 2025» musobaqasida gʻolib chiqdi va toʻrtta rekord oʻrnatdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Kamp Shelbi mashgʻulot bazasida boʻlib oʻtgan turnirda Oʻzbekiston nomidan kichik serjant Alishoh Abdullayev va uchinchi darajali serjant Shohrux Jovkashev ishtirok etdi.

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar 20 kilometrlik majburiy marshni 1 soat 50 daqiqada yakunlagan. Bundan tashqari, ular yugurish, murakkab mashqlar va besh kilogrammlik toʻp uloqtirish boʻyicha musobaqa rekordlarini oʻrnatdi.

Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston BAAdagi koʻrgazmada harbiy texnikalarni namoyish etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek