Pentagon Ilon Mask bilan bogʻliq ikkita mojaroga duch keldi
eʼlon qilindi
Ulardan biri xodimlar sonini qisqartirish bilan bog‘liq

Pentagon Ilon Mask bilan bogʻliq ikkita mojaroga yuz tutmoqda. Bu haqda bir nechta xorij OAV xabar bermoqda.
Birinchi mojaro Maskning Pentagonga tashrifi bilan bogʻliq. Unda u AQSh va Xitoy oʻrtasida urush ehtimoli yuzasidan brifingda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq Pentagon bu xabarni rad etdi va boshqarma xabarlarni tekshiruvidan oʻtkazishni eslatgan.
Ikkinchi janjal esa Pentagonning Strategik rejalashtirish boshqarmasini yopish bilan bogʻliq. Bu boshqarma Maskning xarajatlarni qisqartirish boʻyicha rejasi doirasida yopildi. Keyinchalik, Pentagon bu boʻlimni yangi strategik maqsadlar asosida tiklashni va’da qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ilon Mask X tarmogʻiga $150 mln sarmoya kiritilgani haqida yozgan edi.