
10-mart kuni Samsung kompaniyasi Galaxy A56 smartfonini taqdim qildi. Kursiv Uzbekistan Sammobile nashriga tayanib, smartfon haqidagi to‘liqroq ma’lumotlarni jamladi.
Displey va dizayn
Galaxy A56 6,7 dyuymli Super AMOLED ekrani 120 Gs yangilanish tezligi va 1200 nits yorqinlik bilan jihozlangan. Biroq displey ramkalari hali ham ancha sezilarli. Suv va changdan himoya qilish uchun IP67 sertifikatiga ega.

Kamera tizimi
Orqa kameralar tarkibi 50 MP asosiy, 12 MP ultra keng burchakli va 5 MP makro kameradan iborat. Kamera sifat jihatidan avvalgilariga yaqin, lekin ishlash tezligi oshgan. Old kamera 32 MP dan 12 MP ga o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, yaxshiroq sensor tufayli suratlar aniqroq chiqadi.





Ishlash va dasturiy ta’minot
Samsung Exynos 1580 chipi bilan jihozlangan A56 tezligi avvalgidan 18 foiz tezroq. Qurilma 6 yillik operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlariga ega bo‘lgan ilk A-seriya modeli hisoblanadi. One UI 7 (Android 15) interfeysi qo‘shilgan yangi aqlli funksiyalar bilan boyitilgan.

Batareya va zaryadlash
5000 mA/soat sig‘imli batareya ikki kungacha quvvat saqlay oladi. 45 Vt tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlansa-da, real sinovlarda zaryad tezligi Samsung da’vo qilganidan pastroq bo‘lib chiqdi. So‘nggi bir necha yil ichida Samsung o‘rta va flagman smartfonlar uchun mahsulot sahifalarida «ikki kungacha batareya quvvati» ni eslatishi odatiy holga aylantirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy A26, A36 va A56 sotuvga taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.