Samsung Google Gemini bilan veb-sahifalarni tahlil qilish funksiyasini taqdim etdi

24-mart 2025 12:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Gemini
Samsung Google Gemini sun’iy intellekti yordamida veb-sahifalarni qisqacha tahlil qilish funksiyasini taqdim etadi / Foto: PYMNTS

Samsung Google Gemini sun’iy intellekti yordamida veb-sahifalarni qisqacha tahlil qilish funksiyasini taqdim etadi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Ushbu yangi xususiyat Samsung smartfonlari va planshetlarining brauzeriga kiritiladigan yangilanishlar orqali ishlaydi.

Samsung Internet brauzeridagi bu yangi xususiyat foydalanuvchilarning brauzer bilan ishlash tajribasini yaxshilaydi. Ayniqsa, koʻp vaqtini internetda ma’lumot qidirishga sarflaydigan foydalanuvchilar uchun juda qulay boʻladi.

Bu tizim, shuningdek, veb-sahifalardagi keraksiz ma’lumotlarni filtrlashga yordam beradi. Shuning uchun foydalanuvchi uchun faqatgina eng muhim va foydali boʻlgan ma’lumotlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Samsung Internet brauzeri orqali bu xususiyatni ishlatish uchun foydalanuvchilar Googleʼning yangi Gemini texnologiyasiga kirish huquqiga ega boʻlishlari kerak boʻladi.

Foydalanuvchi yangiliklar, maqolalar yoki texnik hujjatlar kabi uzun matnlarni oʻqish oʻrniga, tizim avtomatik ravishda eng muhim qismlarni chiqarib beradi. Bu esa vaqtni tejash va kerakli ma’lumotni tezda olish imkonini yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 yangi Instant Hotspot funksiyasini qoʻllab-quvvatlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek