
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Qirg‘iziston bilan o‘yindagi amalga oshirilmagan penaltidan so‘ng tanqidlarga hazilomuz javob berdi.
U o‘zining Instagram sahifasidagi posti ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:
«Penalti tepishni o‘rgan, deydiganlarga: Xo‘p, o‘rganaman bugundan».

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alijonovning yagona goli O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba olib kelgani haqida xabar bergan edi.