Lifestyle

Eldor Shomurodov tanqidchilarga javob qaytardi

eldor shomurodov qirg'iziston bilan o'yinda
Shomurodov penaltini amalga oshira olmagach tanqidchilarga javob qaytardi / Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Qirg‘iziston bilan o‘yindagi amalga oshirilmagan penaltidan so‘ng tanqidlarga hazilomuz javob berdi.

U o‘zining Instagram sahifasidagi posti ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:

«Penalti tepishni o‘rgan, deydiganlarga: Xo‘p, o‘rganaman bugundan».

eldor shomurodov
Shomurodov penaltini amalga oshira olmagach tanqidchilarga javob qaytardi / Foto: Championat.asia

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alijonovning yagona goli O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba olib kelgani haqida xabar bergan edi.