Tatyana Budey «O‘zmetkombinat»dan ketdi

eʼlon qilindi
«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari
Tatyana Budey
Tatyana Budey «O‘zmetkombinat»dan ketdi / Foto: «Xalq so’zi»

«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Tatyana Budey o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuvi asosida shu yilning 3-mart kuni bekor qilingan. Budey «O‘zmetkombinat»da 2021-yildan beri faoliyat yuritgan.

«Budey korxonaning transformatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning professionalligi tufayli xalqaro kapital bozorlariga chiqish va ESG tamoyillarini joriy etish kabi asosiy tashabbuslar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Uning hissasi keyingi rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi», – dedi boshqaruv raisi Dilshod Ahmedov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oʻzmetkombinat» rahbari qattiq ogohlantirilgani xabar qilgandi.

Shuningdek