
Oʻzbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova Ispaniyadagi Marbeliya Gran-prisida toʻpdagi mashqda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Dastur yakuniga koʻra, sportchi 28,1 ball toʻplagan. Musobaqada ukrainalik gimnastikachi Taisiya Onofriychuk gʻolib boʻldi. Yana bir ukrainalik sportchi Polina Karika bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Ikromova koʻpkurash bahslarida ham bronza medalini qoʻlga kiritib , turnirdagi ishtirokini ikkita medal bilan yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Umar Bozorov «Katta dubulgʻa» turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida yozgan edi.