Toyota kompaniyasi 2025-yilgi yangilangan Land Cruiser 300 modelini taqdim etdi

24-mart 2025 18:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Toyota
Toyota kompaniyasi 2025-yilgi yangilangan Land Cruiser 300 modelini taqdim etdi / Foto: Global.Toyota

Toyota kompaniyasi 2025-yilgi yangilangan Land Cruiser 300 modelini taqdim etdi. Bu haqda 32Cars nashri ma’lum qildi.

Ushbu model avvaliga Avstraliya bozorida sotuvga chiqadi. Asosiy yangiliklardan biri – yangi raqamli koʻrsatkich paneli. Yangi modelning yuqori konfiguratsiyalarida 12,3 dyuymli ekran, oddiy versiyalarida esa 7 dyuymli ekran oʻrnatiladi. Shuningdek, multimedia tizimi yangilandi. Endi Apple CarPlay va Android Auto tizimlari simsiz ulanishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Toyota yangi dasturiy ta’minot va qulay imkoniyatini taqdim etdi. Iqlim nazorati tizimida esa jismoniy tugmalardan foydalanilgan. CD/DVD pleyer oʻrniga HDMI porti oʻrnatildi. Yangi modelda shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun yangi yordamchi tizimlar, parkovka yordamchilari va favqulodda tormozlash tizimi mavjud. Yangi Land Cruiser 300 modelining bazaviy versiyasida rul boshqaruvi uchun elektromotor ham qoʻshilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota kompaniyasi FT-Me mikroavtomobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek