Turistik maqsadlarda chet elga chiqqan oʻzbekistonliklar soni 17,7 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi

2025-yil yanvar oyida 551,3 ming nafar oʻzbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 82,9 ming nafarga yoki 17,7 foizga koʻproqdir. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi hisobotida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati xorijga qarindoshlarini yoʻqlash maqsadida safar qilgan – 425,8 mingdan ortiq kishilar. Shuningdek, 117,1 ming kishi sayyohlik, 4,2 ming kishi esa davolanish uchun chet elga chiqqan.
Bundan tashqari, 2,9 mingdan ortiq fuqarolar oʻqish maqsadida, 1 mingdan ortiq kishilar esa xizmat safariga borgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga xorijiy sayyohlar oqimi 678,7 ming kishiga yetgani haqida yozgan edi.