Yangi Mercedes-Maybach S-Class taqdim etildi

24-mart 2025 17:30 eʼlon qilindi

(25-mart 2025 00:29 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Mercedes-Maybach S-Class
Yangi Mercedes-Maybach S-Class taqdim etildi / Foto: Mercedes-Benz

Xitoyda 2025-yilgi yangilangan Mercedes-Maybach S-Class limuzini sotuvga chiqdi. Bu haqda 32cars.ru nashri ma’lum qildi.

U to‘rtta versiyada ishlab chiqarilib, narxi 1,47 mln yuandan ($200 ming) boshlanadi. Barcha modifikatsiyalar ilg‘or haydash yordamchisi va navigatsiya tizimi bilan jihozlangan.

Eksteryer Maybachga xos uslubda bezatilgan bo‘lib, avtomobil 13 xil rangda, jumladan, eksklyuziv manufaktur ranglarida taqdim etiladi. Salonda esa raqamli asboblar paneli, AR-HUD, panoramali tom, ilg‘or MBUX multimedia tizimi, elektr eshiklar, ventilyatsiya qilinadigan o‘rindiqlar va simsiz zaryadlash kabi qulayliklar mavjud.

Avtomobilning asosiy e’tibori orqa qator yo‘lovchilarining maksimal qulayligiga qaratilgan. Orqa o‘rindiqlar Nappa charm qoplamali bo‘lib, massaj funksiyasiga ega va 43,5 gradusgacha suyanchiqni orqaga egish imkonini beradi.

Texnik jihatdan Maybach S-Class turli dvigatellar bilan jihozlanadi: 3,0 dan 6,0 litr gacha, to‘liq g‘ildirakli uzatma, 9 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va 900 Nm gacha aylanish momentini ta’minlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-Benz yangi CLA modelini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek