
Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining 24-martdagi yig‘ilishida qabul qilindi.
Yangi tariflarga ko‘ra, 1-apreldan boshlab ichimlik suvi narxi bir kubometr uchun quyidagicha bo‘ladi:
- Aholi uchun – 2800 so‘m (2023-yilda 2500 so‘m etib belgilangandi);
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 6700 so‘m (5700 so‘m).
Oqova suvi xizmati uchun:
- Aholiga – 1900 so‘m (1600 so‘m);
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilarga – 5300 so‘m (4300 so‘m).
Mazkur tariflar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQS) hisoblangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va qishloq xo‘jaligiga oid muhim vazifalarni belgilagani haqida yozgandi.