1-maydan mahalla raislari oilaviy mediatsiya boʻyicha bepul oʻqitiladi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari tasdiqlandi. Bu haqda Hukumat qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, institut Adliya organlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshiradi.
Shuningdek, yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional tayyorlash, ushbu mutaxassislik boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlmagan shaxslarni qayta tayyorlash va huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish belgilandi.
Shu yilning 1-apreldan boshlab, Adliya organlari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari institutning maxsus malaka oshirish kurslarini tamomlagandan soʻng beriladi. Yuridik kadrlar uchun bilim va koʻnikmalarni oshirishga yoʻnaltirilgan kredit-modul tizimi joriy qilinadi.
1-maydan esa oilaviy mediatsiya boʻyicha fuqarolar yigʻini raislari institutda professional mediatorlikka bepul oʻqitiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi yuridik shaxslar kommunal to‘lovlarni onlayn to‘lashi haqida yozgandi.