Apple AirPods Maxʼga yangi funksiya qoʻshadi

25-mart 2025 15:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
airpods max quloqchini
Apple AirPods Maxʼga yangi funksiya qoʻshadi / Foto: Unsplash

Apple kompaniyasi 2025-yilning aprel oyida AirPods Max quloqchinini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida maʼlum qilindi.

Yangilanish orqali naushniklarga Lossless audio (sifat yoʻqotishisiz audio) va Ultra-low latency audio (super pasaytiruvchi) rejimlari qoʻshiladi. Ushbu yangi funksiyalar naushniklarni sim orqali ovoz manbasiga ulash imkonini ham beradi. Bu naushniklar simsiz va simli audio uzatishni qoʻllab-quvvatlaydigan yagona modeldir.

Yangi super pasaytirgich rejimi oʻyinchi va strimerlar uchun foydali. Bu rejim oʻyin jarayonini yanada qulay va qiziqarli qiladi.

AirPods Max Apple kompaniyasining eng qimmat naushniklari boʻlib, narxi $549 dan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple AirPodsʼga suhbatlarni tarjima qilish funksiyasini qoʻshishi haqida yozgan edi.

Shuningdek