Yangiliklar

AQShning JSSTdan chiqishi va xalqaro yordam agentliklaridagi qisqartirishlar Jenevada xavotir uygʻotmoqda

Ommaviy ishdan boʻshatmoqda
AQShning JSSTdan chiqishi va xalqaro yordam agentliklaridagi qisqartirishlar Jenevada xavotir uygʻotmoqda / Foto: Bloomberg

Donald Trampning qarori bilan AQSh Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan (JSST) chiqdi va bu oʻzgarishlar xalqaro tashkilotlarga taʼsir qilmoqda. Xavotirlar haqida Bloomberg nashri maʼlum qildi.

Soʻnggi ikki yil davomida bir qator tashkilotlar AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan tashkil etilgan shartnomalarning koʻpini bekor qilishga qaror qildi. Hozirda bu qarorlarga qarshi sudga eʼtirozlar kiritilmoqda.

Jenevada 29 000 kishi ishlaydi. Shuningdek, 400 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydigan 38 ta xalqaro tashkilot har yili $7 mlrd sarflaydi.

Shahar boʻylab boshqa idoralar ham qisqartirishlar sababli moliyaviy inqirozning chuqurlashishini kutmoqda. Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi Shveysariyadagi shtab-kvartirasida 270 ta ish oʻrnini boʻshatib, ishga qabul qilishni muzlatganini eʼlon qilgan. BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi kamida 400 ta ish oʻrnini qisqartirishini bildirdi. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti esa donorlik mablagʻlari 30 foizga qisqarishi natijasida Jenevada 250 dan ortiq xodimni ishdan boʻshatdi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh sudi Tramp maʼmuriyatiga USAID yordamini tiklashni buyurgani haqida yozgan edi.