Xotin-qizlar uchun avtobus boshqarish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi
eʼlon qilindi
Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi

Xotin-qizlar uchun maxsus «D» toifali haydovchilik kurslari tashkil qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kurslar BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida tashkil etilib, o‘qish to‘lovi to‘liq qoplab beriladi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar «D» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lib, «Toshshahartransxizmat» AJ avtobus saroylariga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtobus yo‘laklaridagi qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.