Birjada asossiz olingan 80 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar qaytariladi

eʼlon qilindi
Uchta korxonaga moliyaviy jarima belgilandi
Birja
Birjada asossiz olingan 80 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar qaytariladi / Foto: Pexels.com

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilda birja savdolarida qonunchilik talablarini buzgan 156 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili jami 165 ta holatda qonunbuzarlik aniqlangan. Shulardan 55 tasi narxlarning sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan. Natijada 77,7 mlrd so‘m asossiz olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 94 ta subyektga esa «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun asosida moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Jumladan, «Bekobodsement» AJ yuqori likvidli va monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan.

Shuningdek, «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» va «GTL GAZ» MCHJlar manipulyatsiya holatlarini sodir etib, noqonuniy daromad orttirgan. Natijada ushbu qonunbuzarlarga nisbatan moliyaviy jarimalar belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi «Xottabich» muzqaymog‘ini sanitariya talablariga mos kelmasligini aniqlagandi.

Shuningdek