Cadillac Escalade IQ 2026 soddalashtirildi

25-mart 2025 11:52 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Cadillac Escalade IQ 2026
Cadillac Escalade IQ 2026 soddalashtirildi / Foto: Cadillac

Cadillac 2026-yilgi Escalade IQ elektr SUV modelining trim darajalari va jihozlarida o‘zgarishlar kiritdi. Bu haqda 32cars.ru nashri ma’lum qildi.

Asosiy yangilik – Smart Trailering paketining faqat Premium Luxury va Premium Sport versiyalarida qolishi. Endilikda arzonroq Luxury va Sport trim darajalari ushbu funksiyani hatto qo‘shimcha opsiya sifatida ham ololmaydi.

Smart Trailering to‘plami quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga olgan edi:

  • Treyler kamerasi;
  • Treylerdan xabardor ko‘r nuqta yordami;
  • Aqlli treyler integratsiyasi;
  • Treyler ilovasi;
  • 19,2 kVt quvvatga ega modul;
  • Treyler tormozini boshqarish tizimi.

Biroq soddalashtirilgan konfiguratsiyalarga qaramay Escalade IQ hali ham 3629 kg gacha tortish qobiliyatiga ega bo‘lib, 750 ot kuchi ishlab chiqaradigan ikki dvigatelli tizim va 205 kVt/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Model Detroitdagi GM Factory Zero zavodida ishlab chiqariladi va premium elektr SUV segmentida flagman sifatida qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cadillac Lyriq-V 2026 Xitoy bozori uchun taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek