Eron rialning AQSh dollariga nisbatan kursi rekord darajada pasaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eron iqtisodiyoti qiyin davrni boshdan kechirmoqda
Eron riali
Eron rialining AQSh dollariga nisbatan kursi rekord darajada pasaydi / Foto: Unsplash

Eron valyutasi rekord darajada pasayib, AQSh dollariga nisbatan bir million rialdan pastga tushdi. Bu haqda Eronning TGJU moliya agentligiga tayanib, RN xabar bermoqda.

Oʻtgan hafta Qoʻshma Shtatlar Eron nefti eksportiga qarshi yangi sanksiyalar kiritgan edi. 2025-yil fevralida Tramp Eronga nisbatan maksimal bosim siyosatini tiklash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Tramp ma’muriyatining maqsadi Tehron bilan kelishuvga erishish ekani aytiladi. Eron rasmiylari bu boʻyicha biror qat’iy fikr bildira olgani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Eron hijob qoidalarini kuzatish uchun dronlar va texnologiyadan foydalanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek