Dollarning rasmiy kursi tushadi
eʼlon qilindi
26-martda dollar 17,70 so‘mga tushaadi

26-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 17,70 so‘mga tushib, 12 929,37 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 885 – 12 935 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 950 – 13 010 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 69,61 so‘mga tushib, 13 963,72 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 2,14 so‘mga tushib, 152,87 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.