
Samsung’ning kelajakdagi Galaxy S25 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar paydo boʻldi. Ma’lum boʻlishicha, Galaxy S25 Edge modeli titanli qotishmadan iborat ramkaga ega boʻlishi mumkin.
Bu yangi material telefonning mustahkamligini oshiradi. Shunga qaramay u modelning vazniga ta’sir koʻrsatmaydi
Titan qotishmasidan iborat ramka yuqori darajadagi qurilmalarda ishlatiladi. U maksimal chidamlilik va bardoshlikni ta’minlaydi.
Bu yangilik Galaxy S25 Edge modelining premium sifatini yanada kuchaytirishi va texnologiya ixlosmandlarini jalb qilishini kutish mumkin.
Shuningdek, Galaxy S25 seriyasining boshqa texnik yangiliklari ham e’lon qilinishi kutilmoqda – jumladan, yangi protsessor, yaxshilangan kamera tizimi va boshqa innovatsion xususiyatlar.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 Edge smartfoning narxi haqida yozgan edi.