
Geely kompaniyasi 2025-yilda yangi Coolray Beyond Edition modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Ushbu krossoverning narxi $10,3 mingni tashkil etdi. Coolrayʼning asosiy xususiyatlari 1,5 litrli turbomotor va 7 bosqichli tizimidir. U 181 ot kuchiga ega boʻlib, 100 km/soat tezlikka 7,6 soniyada erishadi.
Yangi modelda 17 dyuymli qotishma gʻildiraklar va 8 dyuymli ekrandan iborat multimedia tizimi mavjud.

Avtomobilning oʻlchamlari 4380 x 1800 x 1609 mm, gʻildirak bazasi 2600 mmni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely oʻzining barcha modellarini G-Pilot avtopiloti bilan jihozlashi haqida yozgan edi.